
Kattalashtirib ko'rish (asl o'lcham)
Vakansiya
- Kompaniya
- E'londa ko'rsatilgan
- Hudud
- E'londa ko'rsatilgan
- Ish vaqti
- E'londa ko'rsatilgan
- Sharoitlar
- Maosh darajasi individual ravishda muhokama qilinadi
- Rasmiy ishga joylashtirish
- 2 oylik sinov muddati
- Ish beruvchi tomonidan taom bilan ta’minlanadi
- Joylangan
- 3-yan 17:37
Telefon va boshqa kontaktlar e'lon egasining roziligisiz saytda ko'rsatilmaydi — ular asl Telegram postida.
To'liq e'lon matni
#vakansiya
💥 Kun.uz biznes, moliya va iqtisodiyot qanday ishlashini tushunadigan mualliflar va muharrirlarni izlaydi.
Biz iqtisodiyot, biznes va moliya qanday ishlashini yoritamiz va odamlarning pul, ish va tadbirkorlik bo‘yicha oqilona qarorlar qabul qilishiga yordam beramiz.
✍ Nimalar qilish kerak:
- Matn yozish, manbalar bilan ishlash, ma’lumot va faktlarni yig‘ish — ya’ni biznes, moliya va iqtisodiyot haqida material tayyorlash.
- Muharrir bilan birga ishlash: u tuzilmani shakllantirish, ifodalarni aniqlashtirish va matnni Kun.uz standartlariga yetkazishda yordam beradi.
✅ Yaxshi bo‘ladi, agar siz:
- Qiziqarli misollar va qahramonlarni topa olsangiz, hujjatlar va statistika bilan ishlay olsangiz, ekspertlardan izoh olsangiz va bozor tendensiyalarini tahlil qila olsangiz.
💥 Muhim:
Kun.uz’ning tahririy formatlari va uslubini o‘zlashtirish kerak bo‘ladi.
Biz professional iqtisodchilar uchun emas, balki pul, biznes va davlat qanday ishlashini tushunishni istagan odamlar uchun yozamiz — ortiqcha so‘zlarsiz, murakkab terminlarsiz va mavhumliksiz.
🔥 Kimni izlaymiz:
- Siz rasmiyatchilik va “suv”siz, axborot uslubida, o‘quvchiga hurmat bilan yozasiz.
- Tuzilmani vazifa va formatga moslab qura olasiz.
- Mavzuni chuqur o‘rganishga, noqulay savollar berishga va o‘zingiz tushunmaguningizcha yozmaslikka tayyorsiz.
- Faktlar bilan ishlaysiz, fikrlar bilan emas.
- O‘zingiz bilgan va sinab ko‘rgan narsalar haqida yozasiz.
⚡️Afzalliklar:
- Jurnalistika, media yoki kontent loyihalarida ishlash tajribasi.
- Muharrir bilan ishlash va matnni kerakli sifatga yetkazish ko‘nikmasi.
- Axborot uslubining tamoyillarini tushunish va ravon yozish qobiliyati.
- Biznes, iqtisodiyot yoki moliya sohasida chuqur bilim.
- Ma’lumotlar, hujjatlar va ochiq manbalarni tahlil qilish ko‘nikmasi.
- Ekspertlar, tadbirkorlar va qahramonlar bilan muloqot tajribasi.
- Tahririy kasbda rivojlanish va yangi narsalarni o‘rganishga ishtiyoq.
🎁 Sharoitlar:
- Maosh darajasi individual ravishda muhokama qilinadi.
- Rasmiy ishga joylashtirish.
- 2 oylik sinov muddati.
- Ish beruvchi tomonidan taom bilan ta’minlanadi.
Kun.uz jamoasiga qo‘shiling!
