
Texno Ishlar haqida
Texno Ishlar — Toshkent va O'zbekiston bo'ylab vakansiyalar joylanadigan Telegram kanal. Bu sayt kanaldagi vakansiyalarni qulay qidirish va ko'rish uchun: har e'lon kanalga chiqqach, saytda ham avtomatik paydo bo'ladi.
Biz e'lonlarni qanday tekshiramiz:
- maoshi va bog'lanish ma'lumoti bor e'lonlar olinadi;
- "uyda turib daromad", oldindan pul so'raydigan va shubhali e'lonlar joylanmaydi;
- bir xil e'lon ikki marta chiqmaydi;
- 30 kundan eski e'lonlar arxivga o'tadi.
Shaxsiy ma'lumotlar: saytda telefon raqamlari va boshqa kontaktlar e'lon egasining roziligisiz ko'rsatilmaydi. To'liq ma'lumot va bog'lanish — har e'londagi asl Telegram post orqali.
Ish beruvchilarga: vakansiyangizni joylash yoki e'loningizni olib tashlash uchun @TexnoIshlar_elon ga yozing (E'lon berish).

